Chet elga · Format va namunalar

Ingliz tilida rezyume: tuzilma, namuna va tayyor iboralar

Ingliz tilidagi rezyume - xorijiy ish beruvchi uchun ingliz tilida yozilgan 1-2 betlik hujjat: Personal statement, Work experience, Education, Skills va Languages boʻlimlaridan iborat.

Qisqacha

Boʻlimlar tartibi: aloqa, Personal statement (3-4 qator), Work experience, Education, Skills, Languages - hammasi 1-2 betda.

Lavozim va vazifalarni soʻzma-soʻz tarjima qilmang: «sotuvchi» - seller emas, Sales Assistant.

Britaniya va Fors koʻrfazi uchun ingliz tili, Germaniya uchun nemischa Lebenslauf, Rossiya va Qozogʻiston uchun rus tili.

Bu sahifada boʻlimlar tuzilmasi, lavozim va iboralarning inglizcha muqobillari, toʻliq namuna matni va tipik xatolar berilgan.

Ingliz tilidagi rezyume qanday tuziladi

Ingliz tilidagi rezyume oʻzbekcha rezyumeni tarjima qilish emas, balki ish beruvchi kutgan tartibda qayta yigʻish: boʻlimlar nomi, sanalar shakli va vazifalarni bayon qilish uslubi farq qiladi.

Oʻzbekcha boʻlimInglizcha nomiNima yoziladi
Shaxsiy maʼlumotlarContact detailsIsm-familiya, shahar, davlat, telefon (+998), e-mail. Sarlavha - ismingiz, «CV» soʻzi emas
Maqsad, oʻzim haqimdaPersonal statement3-4 qator: kasb, tajriba yillari, asosiy koʻnikma, izlayotgan lavozim
Ish tajribasiWork experienceOxirgi ish joyidan boshlab: lavozim, kompaniya, shahar, sanalar, 3-5 ta natijali punkt
TaʼlimEducationOʻquv yurti, yoʻnalish, diplom yoki daraja, yillar
KoʻnikmalarSkills6-10 ta aniq koʻnikma: dasturlar, uskunalar, haydovchilik toifasi
SertifikatlarCertificationsNomi, bergan tashkilot, yil - faqat lavozimga aloqadorlari
TillarLanguagesHar bir til va daraja: native, fluent yoki CEFR (A2, B1, B2)
TavsiyalarReferencesBitta qator: References available on request

Tajribasi borlarda Work experience Education boʻlimidan yuqorida turadi, yangi bitiruvchida - aksincha. Hajm - 1 bet, tajriba 8-10 yildan oshsa 2 bet.

Lavozim nomlari: oʻzbekcha - inglizcha

Eng koʻp xato lavozim nomida: «sotuvchi» soʻzma-soʻz «seller» boʻlib qoladi, eʼlonlarda esa bu lavozim Sales Assistant deyiladi. Jadvalda eng keng tarqalgan 15 kasbning inglizcha nomi.

OʻzbekchaInglizchaIzoh
SotuvchiSales AssistantSales Manager - sotuv rahbari
KassirCashierDoʻkon, supermarket
HaydovchiDriverDelivery Driver, Truck Driver
BuxgalterAccountantYordamchi - Accounting Assistant
HamshiraNurseParvarish xodimi - Care Assistant
OshpazCookRestoran oshpazi - Chef
PayvandchiWelderMIG/MAG Welder, TIG Welder
Qurilish ustasiConstruction WorkerGʻisht teruvchi - Bricklayer
ElektrikElectricianSanoat - Industrial Electrician
Ombor xodimiWarehouse WorkerBritaniyada - Warehouse Operative
OfitsiantWaiter, WaitressServer
FarroshCleanerMehmonxonada - Housekeeper
TikuvchiSewing Machine OperatorBichuvchi - Tailor
OʻqituvchiTeacherEnglish Teacher, Maths Teacher
DasturchiSoftware DeveloperWeb Developer, Android Developer

Lavozimni eʼlondagi kabi yozing - ish beruvchi va saralash tizimi (ATS) aynan shu soʻzni qidiradi; «ishchi», «mutaxassis» oʻrniga aniq kasb.

Vazifalarni inglizcha yozish: tayyor iboralar

Har bir vazifa harakat feʼli bilan boshlanadi va raqam bilan tugaydi: oʻtgan ish uchun oʻtgan zamon (managed), hozirgisi uchun hozirgi zamon (manage), «I» olmoshisiz.

OʻzbekchaInglizcha
Mijozlarga xizmat koʻrsatdimServed 100+ customers a day and handled complaints
Kassada ishladimOperated the till and balanced cash at the end of each shift
Jamoani boshqardimSupervised a team of 5 sales staff and set weekly rotas
Hisobot tayyorladimPrepared monthly stock reports in Excel for the store manager
Yuk tashidimDelivered goods to 30 retail outlets across Tashkent region
Tovarni qabul qildim va tekshirdimReceived, checked and shelved incoming stock

Namuna: sotuvchi uchun ingliz tilidagi rezyume

Britaniya formatidagi toʻliq matn (toʻqima shaxs): suratsiz, tugʻilgan sanasiz, 1 bet.

Dilnoza Karimova - Sales Assistant

Tashkent, Uzbekistan. +998 90 000 00 00. dilnoza@example.com

Personal statement

Sales assistant with four years of experience in retail. Confident with cash handling, stock control and customer service. Fluent in Uzbek and Russian, English at B1 level. Looking for a retail position where I can grow into a supervisory role.

Work experience

Sales Assistant, Bahor Trade Centre, Tashkent - 03/2023 to present

  • Serve 80-100 customers a day on the shop floor and at the till
  • Check deliveries against invoices and keep stock records in Excel
  • Train new sales assistants on the cash register and returns procedure

Cashier, Nur Market, Tashkent - 06/2021 to 02/2023

  • Operated the till and balanced cash at the end of each shift
  • Handled around 120 transactions a day with no cash discrepancies

Education

Tashkent College of Economics - Diploma in Trade and Commerce, 2018 to 2021

Skills

Cash handling, stock control, 1C: Trade, Microsoft Excel, customer service, merchandising

Languages

Uzbek - native. Russian - fluent. English - B1 (intermediate). References available on request.

Fors koʻrfazi uchun shu matnga surat, Nationality, Visa status, Date of birth va Marital status qoʻshiladi - Fors koʻrfazi sahifasi; IT uchun texnologiyalar alohida boʻlimda - dasturchi namunasi.

Oʻzbek tilida soʻzlaydiganlar koʻp qiladigan xatolar

  • Soʻzma-soʻz tarjima: «I worked as a seller in the shop» oʻrniga lavozim va natija - «Sales Assistant: served 100+ customers a day».
  • «CV» va «resume»: Britaniya, Yevropa va Fors koʻrfazida CV, AQShda resume deyiladi - hujjat bir xil. Sarlavhaga ikkalasini ham yozmang, ismingiz yetarli.
  • Sanalar: Britaniyada DD/MM/YYYY (05/03/2026), Fors koʻrfazi va AQShda «Jan 2026 - Present»; «2026-yil mart» shakli tushunilmaydi.
  • Bosh harflar: lavozim, kompaniya, oy va til nomlari bosh harf bilan (Sales Assistant, March, English), qolgani - kichik.
  • Kompaniya nomini transliteratsiya qilib qoldirish: «Bahor savdo markazi» - Bahor Trade Centre, MCHJ - LLC.
  • Oilaviy ahvol va ota-ona: Britaniya va Yevropada yozilmaydi.
  • Til darajasini oshirish: «fluent» deb yozib, suhbatda javob berolmaslik.
  • Faylni skrinshot qilib yuborish: matnli PDF kerak, nomi - Karimova_Dilnoza.pdf.

Qaysi davlatga ingliz tili, qaysiga mahalliy til

Asosiy qoida: eʼlon va suhbat qaysi tilda boʻlsa, rezyume ham shu tilda (rezyume qaysi tilda yoziladi). Xorij yoʻnalishlari boʻyicha:

DavlatRezyume tiliFormat farqi
Buyuk Britaniya (Skilled Worker)Ingliz, britancha imloSuratsiz, tugʻilgan sanasiz, 2 betgacha
Fors koʻrfazi (BAA, Qatar, Saudiya)InglizSurat, millat, viza holati, tugʻilgan sana - Gulf CV
GermaniyaNemis - LebenslaufInglizcha faqat xalqaro kompaniyalarda; Anschreiben shart - Germaniya
PolshaIngliz yoki polyakPastda RODO bandi, yashash asosi koʻrsatiladi
Koreya (E-7)Koreys yoki inglizJadval koʻrinishi, surat, TOPIK - Koreya
Rossiya, QozogʻistonRushh uslubi: fuqarolik, ruxsatnoma, koʻchishga tayyorlik

Buyuk Britaniya, Polsha va Europass haqida alohida sahifalar - Chet elga boʻlimida.

Konstruktorda ingliz tilidagi rezyume

Konstruktorda rezyume tilini ingliz deb tanlaysiz: sarlavhalar inglizcha chiqadi, matnni shu jadvallardagi iboralar bilan oʻzingiz yozasiz, PDF bepul. «Chet elga» paketida oʻzbekcha matn davlat formatiga oʻtkazilib, ingliz tiliga sunʼiy intellekt bilan tarjima qilinadi - notarial tarjima emas, ism, lavozim va sanalarni oʻzingiz tekshiring. Word (DOCX) ham shu paketda.

Ingliz tilida rezyume tuzish

Ko'p beriladigan savollar

Rezyume ingliz tilida namunasi qayerdan olinadi?

Shu sahifadagi sotuvchi namunasini asos qilib oling: boʻlimlar tartibi hamma kasb uchun bir xil, faqat lavozim, kompaniya va natijalar almashadi. Konstruktorda ingliz tilini tanlab toʻldirsangiz, tayyor PDF chiqadi.

CV va rezyume - bir narsami?

Chet elda - ha: Britaniya va Yevropada CV, AQShda resume deyiladi, tuzilmasi bir xil. Oʻzbekistonda CV deganda koʻpincha ilmiy va grant uchun uzun hujjat tushuniladi - farqi alohida maqolada.

Ingliz tilidagi rezyumega surat qoʻyish kerakmi?

Davlatga bogʻliq. Britaniya va AQShda surat qoʻyilmaydi - ish beruvchi kamsitish shubhasidan qochadi. Fors koʻrfazi, Koreya va Turkiyada surat odatiy. Eʼlonda aytilmagan boʻlsa, davlat sahifasiga qarang.

Ingliz tilini yaxshi bilmasam, rezyumeni kim tarjima qiladi?

Resum.uzda tarjimani sunʼiy intellekt qiladi - bu notarial tarjima emas. Natijani ingliz tilini biladigan odamga oʻqitib oling, lavozim va oʻquv yurti nomlarini tekshiring; diplom tarjimasi uchun notarius kerak.

Ingliz tilidagi rezyumeni PDF qilib yuklab olsam boʻladimi?

Ha, konstruktorda ingliz tilida toʻldirilgan rezyume PDF formatida bepul yuklab olinadi, roʻyxatdan oʻtish shart emas; Word (DOCX) - premium imkoniyat. Ish beruvchiga matnli PDF yuboring, surat emas.

Til darajasini ingliz tilidagi rezyumeda qanday yozish kerak?

Languages boʻlimida har bir til va daraja: Uzbek - native, Russian - fluent, English - B1, sertifikat boʻlsa - IELTS 6.0. Darajani oshirmang - suhbat shu tilda oʻtishi mumkin. CEFR darajalari - til darajasi maqolasida.

Rezyumedan boshlang

Davlat formati, uning tiliga tarjima va Word - onlayn, toʻlovdan soʻng darhol. Oddiy rezyume konstruktorda bepul.

Ingliz tilida rezyume tuzish

Yangilangan: