Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-iyul

Ushbu Siyosat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuni (2019-yil 2-iyul, ZRU-547-son) asosida tayyorlangan. U Resum.uz qanday ma'lumotlarni to'playdi, nima maqsadda va kimga uzatishini hamda sizning huquqlaringizni tavsiflaydi.

1. Operator va bog'lanish

Shaxsga doir ma'lumotlar operatori - Yakka tartibdagi tadbirkor Ulug'bek Tursunqulov (Resum.uz platformasi), manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, tel. +998 93 613 61 30.

Aloqa: uubeks2@gmail.com (shaxsiy ma'lumotlarga oid barcha savollar shu manzilga).

2. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

3. Maqsadlar va qayta ishlash asoslari

MaqsadAsos (ZRU-547)
Rezyume yaratish, saqlash va PDF berishFoydalanuvchi roziligi va shartnomani bajarish
Hisobni yuritish, tizimga kirishShartnomani bajarish
Rezyumeni tanlangan davlat formatida tayyorlash, tarjima qilish va motivatsion xat tuzish («Chet elga»)Foydalanuvchi roziligi va shartnomani bajarish
Sun'iy intellekt yordamida matn tayyorlashFoydalanuvchi roziligi (7-bo'lim)
Statistika, suiiste'moldan himoya (so'rovlar chastotasini cheklash)Operatorning qonuniy manfaati

Biz rezyume mazmunidan reklama uchun foydalanmaymiz va uni boshqa maqsadlarda tahlil qilmaymiz.

4. Rozilik

PDF yaratishdan oldin rozilik katagiga belgi qo'yish yoki Xizmatdan foydalanish orqali siz ma'lumotlaringiz shu Siyosat asosida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz. Rozilikni istalgan vaqtda yuqoridagi email orqali qaytarib olishingiz mumkin (bu qaytarib olishgacha bo'lgan qayta ishlashning qonuniyligiga ta'sir qilmaydi).

5. Uchinchi shaxslar va ishlov beruvchilar

Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va ijaraga bermaymiz. Xizmat ishlashi uchun ayrim ma'lumotlar quyidagi provayderlar orqali qayta ishlanadi:

KimNima uchunMa'lumot
Anthropic PBC (AQSh)Sun'iy intellekt yordamchisiAI so'roviga yuborilgan matn (lavozim, ko'nikma, tajriba)
«Multicard» to'lov shlyuzi (O'zbekiston)Pulli xizmatlar uchun onlayn to'lovTo'lov summasi va buyurtma raqami; maskalangan karta raqami va to'lov vaqti bizga qaytariladi. To'liq karta ma'lumotlari bizga umuman kelmaydi
Yandex.Metrika (MChJ «Yandex», RF)Sayt analitikasi, webvisorIP, qurilma, sahifadagi harakatlar, cookie
Google LLC (AQSh)Google orqali kirishEmail, ism, profil identifikatori
TelegramKirish va PDF yetkazishTelegram identifikatori, ism
Hosting-provayderSaytni joylashtirishServerdagi barcha ma'lumotlar

Bundan tashqari, oshkor qilish qonun tomonidan bevosita talab qilinganda ma'lumotlar vakolatli organlarga berilishi mumkin.

6. Chegara ortiga uzatish

Yuqoridagi ayrim provayderlar O'zbekistondan tashqarida joylashgan (AQSh, Rossiya). Xizmatdan foydalanib va rozilik bildirib, siz ma'lumotlaringizning shu maqsadlarda chegara ortiga uzatilishiga rozilik bildirasiz. Biz faqat Xizmatni ishlatish uchun zarur bo'lgan minimal ma'lumotni uzatamiz.

7. Sun'iy intellekt (AI)

AI yordamchisidan foydalanganingizda kiritgan matningiz (masalan, lavozim, ko'nikmalar, tajriba) matn variantini yaratish uchun Anthropic (AQSh) provayderiga yuboriladi. Bu funksiya ixtiyoriy - undan foydalanmaslik mumkin. Pulli xizmatlarda o'sha provayder rezyume matnini tekshiradi, tarjima qiladi va («Chet elga+») motivatsion xat tuzadi - bunda rezyumening matn maydonlari va siz kiritgan kompaniya, lavozim, vakansiya matni yuboriladi.

Pulli xizmatni to'laganingizda karta ma'lumotlari «Multicard» to'lov tashkiloti sahifasida kiritiladi va bizga uzatilmaydi hamda bizda saqlanmaydi. Biz faqat to'lov natijasini, maskalangan karta raqamini (masalan, 860030******5959) va chek havolasini olamiz - bular buyurtmani tasdiqlash va pulni qaytarish uchun kerak. To'lov ma'lumotlari O'zbekiston hududida qayta ishlanadi.

8. Cookie va analitika

Sayt Yandex.Metrika (jumladan webvisor - sahifadagi harakatlarni yozib olish) yordamida trafikni tahlil qiladi. Metrikadan voz kechish uchun brauzer qo'shimchasidan yoki cookie sozlamalaridan foydalaning. Brauzeringiz forma qoralamasini ham lokal saqlaydi (localStorage; serverga yuborilmaydi).

9. Saqlash muddatlari

10. Foydalanuvchi huquqlari (ZRU-547)

Talabni rezyumeda yoki hisobda ko'rsatilgan email manzilidan uubeks2@gmail.com ga yuboring. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar rezyumelarini kabinetda o'zlari o'chirishlari mumkin.

11. Ma'lumotlarni himoya qilish va lokalizatsiya

Biz ma'lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun texnik va tashkiliy choralarni ko'ramiz (HTTPS, parollarni xeshlash, kirishni cheklash). Qonunchilikka ko'ra biometrik va genetik ma'lumotlardan tashqari ma'lumotlar uchun majburiy lokalizatsiya talab etilmaydi; Xizmat bunday maxsus toifadagi ma'lumotlarni yig'maydi.

12. Voyaga yetmaganlar

Xizmat 16 yoshga to'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan. Agar siz 16 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, Xizmatdan qonuniy vakilingiz roziligi bilan foydalaning.

13. O'zgarishlar va bog'lanish

Biz ushbu Siyosatni yangilashimiz mumkin; yangi tahrir ushbu sahifada yangilanish sanasi bilan e'lon qilinadi. Savollar: uubeks2@gmail.com. Xizmatning umumiy shartlari - Ommaviy oferta.