Fors koʻrfazi · Gulf CV

Dubay va Fors koʻrfaziga ishga ketish 2026: rezyume qanday boʻlishi kerak

Dubay, Abu-Dabi, Doha yoki Ar-Riyodga ishga ketish uchun rezyume - bu ingliz tilidagi, ikki betgacha boʻlgan bir ustunli Gulf CV: unda surat, fuqarolik, hozirgi manzil, viza holati va ishga chiqishga tayyorlik alohida koʻrsatiladi.

  • Format: Gulf CV
  • Til: ingliz, rus
  • PDF va Word
Gulf CV (Fors koʻrfazi)
Gulf formatidagi rezyume - HVAC texnigi, ingliz tilida (toʻqima shaxs)

Qisqacha

Gulf formatida shaxsiy maʼlumotlar - surat, tugʻilgan sana, fuqarolik, oilaviy ahvol, viza holati - yashirilmaydi, aksincha, oxirgi boʻlimda ochiq yoziladi.

Rezyumeni rekruter va ATS oʻqiydi: bir ustun, oddiy shrift, ish eʼlonidagi lavozim nomi va koʻnikmalar soʻzma-soʻz takrorlanadi.

Rasmiy ishga joylashish - faqat Migratsiya agentligi (xorijdaish.uz) va litsenziyali agentliklar orqali; «joy uchun» pul toʻlanmaydi.

Rezyume kerakmi?

Kerak

Rekruterlar va kompaniyalar (ATS)

Rezyume - birinchi filtr: ingliz tilidagi Gulf formati, surat va viza holati bilan; ariza koʻpincha ATS orqali oʻtadi.

Foydali, lekin shart emas

Xorijdaish.uz va davlatlararo yollov

Ariza platformada toʻldiriladi; ish beruvchi tanlov bosqichida rezyume va experience certificate soʻrashi mumkin.

Foydali, lekin shart emas

Uy xizmatchilari - agentliklar orqali

Agentlik oʻz anketasini toʻldiradi: surat, pasport, tajriba haqida qisqa maʼlumot. Rezyume qoʻshimcha, lekin zarar qilmaydi.

Rezyume paketi

Onlayn, toʻlovdan soʻng darhol - studiyada. Oddiy rezyume konstruktorda bepul.

Chet elga

34 900 so'm

Shu rezyume uchun bir martalik to'lov, obunasiz

  • Gulf CV - davlat formati
  • ingliz yoki rus tiliga tarjima (bittasi)
  • Sunʼiy intellekt tekshiruvi, 8 shablon, Word
  • PDF darhol, cheksiz yuklab olish
Boshlash
Motivatsion xat

Chet elga+

49 900 so'm

Shu rezyume uchun bir martalik to'lov, obunasiz

  • «Chet elga» tarifidagi hammasi
  • Motivatsion xat - sunʼiy intellekt yozadi, siz tahrirlaysiz
  • Ikkala til: ingliz va rus
Boshlash

Toʻlovsiz: oddiy rezyume PDF, davlat formati - suv belgisi bilan.

Uni avval rekruter, koʻpincha esa ATS dasturi oʻqiydi, shuning uchun tuzilma va soʻzlar ish eʼlonidagi talablarga mos kelishi kerak. Bu sahifada format qoidalari, oʻzbekistonliklarning odatiy xatolari, yollash kanallari va hujjatlar roʻyxati berilgan.

Gulf formatida rezyume: boʻlimlar tartibi

Fors koʻrfazi davlatlarida - BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, Ummon - ish beruvchilar ingliz tilidagi bir xil tuzilmani kutadi. Uni odatda Gulf CV deyishadi: yuqorida ism, lavozim va aloqa (telefon WhatsApp bilan), soʻng qisqa profil, ish tajribasi teskari xronologiyada, taʼlim, sertifikatlar, koʻnikmalar, tillar va oxirida shaxsiy maʼlumotlar bloki. Hajmi - ikki betgacha, bir ustun, sanalar «Jan 2024 – Present» koʻrinishida.

BoʻlimNima yoziladiMisol
Sarlavha va aloqaIsm pasportdagidek, maqsad lavozim, telefon (WhatsApp), e-mail, hozirgi shahar va davlatJasur Toshmatov - HVAC Technician - +998 90 000 00 00 (WhatsApp) - Tashkent, Uzbekistan
Profile Summary3-4 jumla: kasb, staj, asosiy texnika yoki soha, qaysi bozorga tayyor ekaningizHVAC technician with 8 years of experience in hotels and commercial buildings
Work ExperienceOxirgi ishdan boshlab: lavozim, kompaniya, shahar, davlat, oy va yil; har bir joy uchun 3-5 ta natijali bandHVAC Technician, Sharq Building Services, Tashkent - Mar 2021 – Present
EducationDiplom nomi, oʻquv yurti, yillar; kollej diplomi ham yoziladiDiploma in HVAC Systems, Tashkent Construction College, 2013 – 2016
CertificationsKasbiy sertifikatlar, xavfsizlik kurslari, litsenziyalar: nomi, bergan tashkilot, yilRefrigerant handling certificate, 2019
SkillsTexnik koʻnikmalar alohida, shaxsiy sifatlar alohida; ish eʼlonidagi soʻzlar bilanChiller maintenance, split and VRF systems, preventive maintenance
LanguagesTil va daraja: Native, Fluent, Intermediate yoki CEFR darajasiEnglish - Intermediate (B1), Russian - Fluent, Uzbek - Native
Personal DetailsFuqarolik, tugʻilgan sana, oilaviy ahvol, viza holati, haydovchilik guvohnomasi, ishga chiqishga tayyorlikNationality: Uzbekistan - Visa status: none - Availability: within 1 month

Viza holati qatori

Rekruter uchun eng muhim qatorlardan biri - visa status. Toʻrt variant qabul qilingan: visit visa (turistik viza bilan BAAda turibsiz), employment visa (hozir boshqa ish beruvchida ishlayapsiz), cancelled visa (avvalgi viza bekor qilingan, ish qidiryapsiz) va none (Oʻzbekistondasiz, viza yoʻq). Bu qator ish beruvchiga sizni qancha muddatda va qanday xarajat bilan ishga olib kelish mumkinligini aytadi - uni boʻsh qoldirmang va yashirmang.

Surat va shaxsiy maʼlumotlar

Yevropa va Britaniyadan farqli oʻlaroq, Fors koʻrfazida shaxsiy maʼlumotlar rezyumening odatiy qismi. Ish beruvchi fuqarolik, yosh, oilaviy ahvol va guvohnomani vizani rasmiylashtirish, turar joy va mehnat shartnomasi uchun oldindan bilishni xohlaydi. Shuning uchun bu qatorlar oxirgi boʻlimda ochiq yoziladi.

  • Surat: pasport uslubida, och fon, yelkagacha, rasmiy kiyim; oʻng yuqori burchakda. Selfi va toʻy surati yaramaydi.
  • Tugʻilgan sana: toʻliq, «18 Jun 1993» koʻrinishida; yoshni alohida yozish shart emas.
  • Fuqarolik: Uzbekistan. Pasport raqamini rezyumega yozmang - u shartnoma bosqichida soʻraladi.
  • Oilaviy ahvol: single yoki married - oilaviy viza va turar joy hisobi uchun kerak.
  • Haydovchilik guvohnomasi: qaysi davlatniki ekanini aniq yozing. UAE yoki GCC guvohnomasi alohida ustunlik; Oʻzbekiston guvohnomasi boʻlsa, shuni yozing.
  • Telefon: xalqaro formatda va WhatsApp belgisi bilan - Fors koʻrfazi rekruterlari birinchi aloqani aynan shu orqali qiladi.

Rezyumeda surat haqidagi umumiy qoidalar alohida maqolada bor; Fors koʻrfazi uchun ular qatʼiyroq: suratsiz rezyume koʻpincha ATS bosqichida emas, rekruter bosqichida chetga qoʻyiladi.

Oʻzbekistonliklarning odatiy xatolari

  • Rus yoki oʻzbek tilidagi rezyumeni soʻzma-soʻz tarjima qilish: «montajnik», «ustanovchik» kabi lavozim nomlari ingliz eʼlonlaridagi nomlarga mos kelmaydi. Eʼlondagi soʻzni oling: HVAC Technician, Waiter, Receptionist, Security Guard.
  • Ikki ustunli, rangli, infografikali shablon: ATS uni notoʻgʻri oʻqiydi. Bir ustun, oddiy shrift, sarlavhalar bosh harflarda.
  • Vazifalar oʻrniga «kompaniyada ishladim» degan bir jumla. Har bir ish joyi uchun 3-5 ta band: nima qildingiz, qanday texnika yoki qancha mehmon, qanday natija.
  • Viza holati va hozirgi manzil yozilmagan: rekruter sizni Oʻzbekistondan chaqirish kerakligini bilmaydi va nomzodni oʻtkazib yuboradi.
  • Uch betdan uzun rezyume, ichida maktab, harbiy xizmat va barcha kurslar. Ikki bet - chegara.
  • Kutilayotgan maoshni rezyumeda koʻrsatish: Fors koʻrfazida bu suhbatda muhokama qilinadi, rezyumeda emas.
  • Experience certificate yoʻqligi: avvalgi ish beruvchilardan lavozim, muddat va vazifalar yozilgan xat oling - viza va attestatsiya bosqichida soʻraladi.

Ish qanday topiladi: rasmiy kanallar va rekruterlar

Fors koʻrfaziga ishga chiqishning uch yoʻli bor. Birinchisi - Migratsiya agentligining tashkiliy yollovi: xorijdaish.uz platformasidagi rasmiy ish oʻrinlari va davlatlararo kelishuvlar; Saudiya Arabistoni va Qatar bilan bunday kelishuvlar 2025-yilda muzokara bosqichida edi. Ikkinchisi - litsenziyali xususiy bandlik agentliklari, roʻyxati gov.uz/migration sahifasida; ular kompaniya nomidan yollaydi va rezyumeni oʻzi soʻraydi. Uchinchisi - toʻgʻridan-toʻgʻri ariza: kompaniya sayti, LinkedIn, Bayt yoki GulfTalent kabi saytlar; bu yerda rezyume ATS orqali oʻtadi.

Litsenziyasiz «konsalting» yoki Telegram orqali «Dubayda ish, joy uchun toʻlov» takliflari qonunga zid: ishga joylashtirish niqobidagi konsalting uchun 112,5 million soʻm jarima belgilangan (spot.uz, 08.2025). Agentlikni Migratsiya agentligining ishonch telefoni orqali tekshirish mumkin: +998 71 202-33-55. Umumiy statistikada Fors koʻrfazi katta oqim emas: gazeta.uz (17.08.2026) hisobiga koʻra chet eldagi 1,4 million fuqaromizning asosiy qismi Rossiya, Yevropa mintaqasi, Qozogʻiston, Turkiya va Koreyada; BAAga rasmiy oqim ancha kichik. Boshqa yoʻnalishlarni Chet elga boʻlimida solishtirib koʻring - masalan, Turkiya uchun rezyume formati va viza tartibi boshqacha.

Resum.uz - hujjat tayyorlash vositasi: biz rezyume va xatni tuzishga yordam beramiz, ish oʻrni va viza bilan shugʻullanmaymiz, vakansiya eʼlon qilmaymiz.

Til va sertifikatlar

Ish tili - ingliz. Texnik va xizmat koʻrsatish lavozimlari uchun odatda B1 darajasi yetarli: eʼlonni tushunish, suhbatda oʻzingiz haqingizda gapirish, xavfsizlik yoʻriqnomasini oʻqish. Rasmiy sertifikat (IELTS) kamdan-kam soʻraladi, lekin darajani rostgoʻylik bilan yozing: birinchi suhbat koʻpincha WhatsApp video orqali oʻtadi va daraja darhol koʻrinadi. Rus tili Dubayda mehmonxona, savdo va turizmda qoʻshimcha ustunlik - uni Fluent deb koʻrsating. Arab tili boshlangʻich boʻlsa ham yozing.

Kasbiy sertifikatlar rezyumening alohida boʻlimida turadi: elektr xavfsizligi, balandlikda ishlash, oziq-ovqat xavfsizligi (mehmonxona va restoran uchun), sovutish agentlari bilan ishlash, haydovchilar uchun guvohnoma toifasi. Sertifikat oʻzbek yoki rus tilida boʻlsa, nomini ingliz tiliga tarjima qilib, qavsda asl nomini qoldiring. Til darajasini qanday yozish tillar darajasi maqolasida tushuntirilgan.

Diplom, tibbiy koʻrik va boshqa hujjatlar

Rezyume - faqat birinchi bosqich. Taklif olganingizdan keyin ish beruvchi ish vizasi uchun hujjatlar paketini soʻraydi; ularni oldindan tayyorlash haftalarni tejaydi.

  1. Diplom va attestatsiya: BAA, Qatar va Saudiya Arabistoni diplomni apostil yoki elchixona attestatsiyasi bilan qabul qiladi. Ishchi kasblar uchun kollej diplomi ham yetarli, lekin u ham tasdiqlanadi.
  2. GAMCA tibbiy koʻrigi: Fors koʻrfazi davlatlariga ishga ketuvchilar uchun majburiy tekshiruv, faqat akkreditatsiyalangan klinikalarda oʻtadi (gamca.org.sa).
  3. Sudlanmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma - my.gov.uz orqali, ingliz tiliga tarjima bilan.
  4. Experience certificate - avvalgi ish beruvchilardan, ingliz tilida yoki tarjima bilan.
  5. Xorijiy pasport kamida 6 oy amal qilishi, pasport uslubidagi surat; tibbiy sugʻurtani koʻpincha ish beruvchi rasmiylashtiradi.

Bu paketni ish beruvchi yoki agentlik oʻzi soʻraydi; hech kim sizdan viza yoki «joy» uchun oldindan pul talab qilmasligi kerak.

Rezyumeni konstruktorda tayyorlash

Konstruktorda oddiy rezyumeni bepul toʻldirasiz, keyin «Chet elga» rejimida Fors koʻrfazi formatini tanlaysiz: shablon suratni, viza holatini, hozirgi manzilni va tayyorlik qatorini oʻz joyiga qoʻyadi, sanalarni «Jan 2024 – Present» koʻrinishiga oʻtkazadi. «Chet elga» paketi rezyumeni ingliz tiliga sunʼiy intellekt bilan tarjima qiladi (bu notarial tarjima emas), matnni vychitka qiladi va Word formatida beradi; «Chet elga+» paketida qoʻshimcha motivatsion xat va rus tilidagi nusxa bor. Tarjimani yuborishdan oldin oʻzingiz oʻqib chiqing: lavozim nomlari eʼlondagi bilan bir xil boʻlsin. Boshqa kasblar boʻyicha tayyor misollar namunalar boʻlimida.

Fors koʻrfazi uchun rezyume tuzish

Hujjatlar roʻyxati

Rezyume va hujjatlar

  • Gulf formatidagi rezyume ingliz tilida, 2 betgacha, surat bilan
  • Pasport uslubidagi surat: och fon, rasmiy kiyim, yelkagacha
  • Xorijiy pasport kamida 6 oy amal qiladi
  • Experience certificate - avvalgi ish beruvchilardan, ingliz tilida lavozim, muddat va vazifalar yozilgan boʻlsin
  • Diplom yoki kollej diplomi - apostil yoki elchixona attestatsiyasi qaysi turi kerakligini ish beruvchidan aniqlang

Til va sertifikatlar

  • Ingliz tili kamida B1 - WhatsApp video-suhbatga tayyorlaning
  • Kasbiy va xavfsizlik sertifikatlari ingliz tiliga tarjima bilan
  • Haydovchilik guvohnomasi - qaysi davlatniki ekani koʻrsatilgan

Rasmiy bosqichlar

  • Agentlik litsenziyasini gov.uz/migration reestrida tekshiring
  • GAMCA tibbiy koʻrigi - faqat akkreditatsiyalangan klinikada
  • Sudlanmaganlik maʼlumotnomasi - my.gov.uz orqali, tarjima bilan
  • Offer letter va mehnat shartnomasini qoʻl qoʻyishdan oldin oʻqing hech kimga «joy uchun» oldindan pul toʻlamang

Fors koʻrfazi uchun rezyumeni qanday tayyorlash mumkin

  1. 1

    Konstruktorda oddiy rezyumeni toʻldiring: tajriba, taʼlim, sertifikatlar, tillar - istalgan tilda.

  2. 2

    «Chet elga» rejimida Fors koʻrfazini tanlang va surat, fuqarolik, viza holati, hozirgi manzil, tayyorlik qatorlarini toʻldiring.

  3. 3

    Ingliz tiliga tarjimani oling, lavozim nomlarini ish eʼlonidagi bilan solishtiring va PDF yoki Word yuklab oling.

Gulf CV formatida rezyume yaratish

Ko'p beriladigan savollar

Dubayga ishga ketish uchun rezyume kerakmi?

Ha. Rekruter, agentlik yoki kompaniya orqali yollashda rezyume - birinchi filtr: usiz nomzod ATS bazasiga tushmaydi. Faqat uy xizmatchilarini yollovchi ayrim agentliklar rezyume oʻrniga oʻz anketasini toʻldiradi. Xorijdaish.uz orqali topshirganda ariza platformada toʻldiriladi, lekin ish beruvchi tanlov bosqichida rezyume va tajriba sertifikatlarini soʻrashi mumkin.

Gulf CV format nima?

Bu Fors koʻrfazi ish beruvchilari kutadigan ingliz tilidagi rezyume: bir ustun, ikki betgacha, pasport uslubidagi surat, oxirida Personal Details bloki - fuqarolik, tugʻilgan sana, oilaviy ahvol, viza holati, haydovchilik guvohnomasi, ishga chiqishga tayyorlik. Telefon WhatsApp belgisi bilan yoziladi, sanalar «Jan 2024 – Present» koʻrinishida.

Dubay uchun rezyumega surat kerakmi?

Ha, Fors koʻrfazida surat odatiy talab. Pasport uslubida, och fonda, yelkagacha, rasmiy kiyimda; oʻng yuqori burchakka qoʻyiladi. Suratsiz rezyume rekruter bosqichida koʻpincha chetga qoʻyiladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida ishlash uchun qaysi hujjatlar kerak?

Xorijiy pasport (kamida 6 oy), Gulf formatidagi rezyume, pasport uslubidagi surat, diplom apostil yoki attestatsiya bilan, GAMCA tibbiy koʻrigi, sudlanmaganlik maʼlumotnomasi va avvalgi ish beruvchilardan experience certificate. Ish vizasini ish beruvchi rasmiylashtiradi; siz «joy uchun» hech kimga pul toʻlamaysiz.

Dubayda ish 2026: qaysi kasblarga rezyume soʻraladi?

Rekruter orqali yollanadigan barcha lavozimlarga: mehmonxona va restoran xodimlari, texniklar (HVAC, elektrik, santexnik), haydovchilar, qoʻriqchilar, sotuvchilar, muhandislar, ofis xodimlari. Qaysi kasbga talab bor - buni ish eʼlonlari koʻrsatadi; Resum.uz vakansiya bermaydi va ish oʻrniga vaʼda qilmaydi.

Resum.uz Dubayga ishga joylashtiradimi?

Yoʻq. Resum.uz - hujjat tayyorlash vositasi: rezyume, tarjima va motivatsion xat. Chet elga rasmiy ishga joylashish faqat Migratsiya agentligi (xorijdaish.uz) va litsenziyali xususiy bandlik agentliklari orqali boʻladi. Agentlik litsenziyasini gov.uz/migration reestrida tekshiring.

Rezyumeni ingliz tiliga kim tarjima qiladi?

«Chet elga» paketida tarjimani sunʼiy intellekt qiladi va siz uni studiyada tahrirlaysiz. Bu notarial tarjima emas: diplom va maʼlumotnomalar uchun rasmiy tarjima alohida qilinadi. Tarjimadan keyin lavozim nomlarini ish eʼlonidagi soʻzlar bilan solishtirib chiqing.

Rezyumedan boshlang

Davlat formati, uning tiliga tarjima va Word - onlayn, toʻlovdan soʻng darhol. Oddiy rezyume konstruktorda bepul.

Gulf CV formatida rezyume yaratish

Yangilangan: